Britaniyaning Eymsberi shahrida asabni falajlovchi “Novichok” moddasidan zaharlanib jabrlangan Charli Rouli Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish haqida so‘radi, deb yozadi Meduza.
U Londondagi Rossiya elchixonasiga Rossiya hukumati nima sababdan uni va sevgilisi Don Styorjessni zaharlagani (u oqibatda vafot etgan)ni bilish uchun borgan. “Men hech qanday javob ololmadim, faqat Rossiya targ‘ibotini eshitdim, xolos”, — dedi u.
Rossiya elchisi “Novichok” Rossiyada emas, Chexiya, Amerika yoki Buyuk Britaniyada tayyorlangan bo‘lishini taxmin qildi. “U Rossiyada tayyorlanganida, hammani o‘ldirgan bo‘lardi”, — degan u.
Elchi Rossiya hukumatidan yangi ma’lumot olsa, jabrlangan britaniyalik bilan bog‘lanishga va’da bergan.
Izoh (0)