Armaniston Madaniyat ishlari vazirligining ko‘rgazma markazi jamg‘armasida bir qismi Milliy galereyaga qarashli bo‘lgan 626 ta eksponat yo‘qoldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘qolgan suratlar, gobelen, grafika va haykaltaroshlik asarlarining umumiy qiymati 247 ming dollarni tashkil etgan.
Ular orasida armanistonlik rassom Martiros Saryanning 123 ming dollarga baholanuvchi “Armfilarmoniya zali” kartinasi ham bor.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)