Pokiston Hindiston tomonidan amalga oshirilgan otishmalar oqibatida uch harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi , deya xabar beradi “Korrespondent”.
Pokiston armiyasining qo‘mondonligidan ma’lum qilinishicha, Hindiston tomonidan nazorat qilinadigan Kashmir nazoratidagi mintaqada “kutilmagan” otishma oqibatida uch nafar harbiy xizmatchi vafot etgan, bir nafari jabrlangan.
Qayd etilishicha, Hindistonning harakatlariga javoban Pokiston harbiylari “samarali javob qaytargan”. Hindiston tomonidan qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot mavjud emas.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik 14-fevral kuni Jammu va Kashmir hind shtatlarida sodir bo‘lgan politsiyaga qilingan hujum natijasida davom etmoqda. Bo‘lib o‘tgan hodisa uchun javobgarlikni Pokistonda joylashgan Masud Azhar boshchiligidagi “Jaish-e-Muhammad” guruhi o‘z zimmasiga olgan. O‘sha kuni hujum oqibatida 45 kishi qurbon bo‘lgan.
Izoh (0)