O‘zbekistonda 2020—2021-o‘quv yilidan boshlab pilot loyihasi sifatida 1-11-sinflar uchun chet tillari fanlaridan ilg‘or xorijiy darsliklarni joriy etish rejalashtirilgan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Shu maqsadda Germaniyaning xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZFA) bilan hamkorlikda Respublika ta’lim markazida Germaniyaning “Klett” nashriyoti tomonidan yaratilgan nemis tili darsliklarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mazkur darsliklarni umumta’lim maktablarida tajriba-sinovdan o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminar mobaynida “Klett” nashriyoti tomonidan yaratilgan darslik majmualari tahlil qilindi.
Mazkur darslik majmualari Toshkent shahridagi 60-sonli, Samarqand viloyatidagi 51-sonli hamda Farg‘ona viloyatidagi 10-sonli nemis tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablarida 2018—2019-o‘quv yilining 4-choragi davomida tajriba-sinovdan o‘tkazilishi rejaga kiritildi.
Izoh (0)