Shimoliy Koreyaning rasmiy nashri Rodong Sinmun mamlakat aholisini o‘z-o‘zini ta’minlashga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Bunga KXDRga nisbatan xalqaro sanksiyalar saqlanib qolayotgani va AQSh bilan bu boradagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
“O‘z-o‘zini ta’minlash — qadr-qimmat va hayotni saqlashning yagona yo‘li. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga urg‘u beradigan va tashqi yordamga bog‘lanib qolgan davlatlar bor. Bu yo‘l taraqqiyotga olib kelmaydi. Tashqi kuchlarga qaramlik mamlakatni vayron qiladi”, — deyiladi gazetada chop etilgan maqolada.
Izoh (0)