Malayziya sobiq bosh vaziri Najib Razak 367 million dollar qiymatdagi soliqlarni to‘lamaslikda gumon qilinmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, Razak to‘rt milliard ringgit (deyarli bir milliard dollar)ni deklaratsiya qilmagan.
Qayd etilishicha, bu qiymatga Saudiya Arabistoni qirollik oilasidan olgan “moliyaviy yordam” ham kiradi.
Avvalroq Razakdan pul va zargarlik buyumlari solingan 70 dan ortiq sumka olib qo‘yilgan.
Izoh (0)