“Gremmi” mukofotiga nomzodi qo‘yilgan reper Nipsi Xassl (Nipsey Hussle) Los-Anjelesdagi o‘ziga tegishli kiyimlar do‘koni yonida otib ketildi. U hodisa oqibatida halok bo‘ldi.
Qotillik bo‘yicha hech qanday tafsilotlar ma’lum emas, biroq 33 yoshli reper o‘limidan bir necha soat oldin Twitter’da quyidagi so‘zlarni yozib qoldirgan:
“Kuchli dushmanlarga ega bo‘lish — Xudoning marhamati”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot organlari otishma bo‘lgani va yana ikki kishining jarohatlangani, ularning ahvoli og‘ir ekanligini tasdiqladi.
Izoh (0)