O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida– maktablarga kitob sovg‘a qilish to‘g‘risida bildirgan tashabbusini “Mikrokreditbank” ATB jamoasi – qo‘llab-quvvatlagan holda, kitob sovg‘a qilishda o‘ziga xos yondashuv bilan kirishdi.
Gap shundaki, bank tomonidan poytaxtimizdagi A.Xlebushkina nomli 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining har biriga o‘quv darsliklari va badiiy kitoblar tuhfa qilindi.
Sohibqiron Amir Temur ta’biri bilan aytganda, “Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir”. Insonning ma’naviy kamolotga erishuvi hamda bu yorug‘ dunyoni anglashida – kitobdek beminnat va ulug‘ xilqat yo‘q.
Shu ma’noda, ko‘ngli yarim jigarbandlarimizga armug‘on etilgan bu kitoblar ham, ushbu maskanda tarbiyalanuvchilarning ko‘proq ilm egallashiga, ular dunyoqarashining kengayishiga, ma’naviy dunyolari boyishiga kamtarona hissa qo‘shadi, degan yorug‘ umidlar bor.
Ezgu ishning esa – miqdor, vaqt hamda sabab kabi mezon va o‘lchovlari yo‘qligini ko‘pchilik biladi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)