Qirg‘izistonda yengil hazm bo‘luvchi innovatsion yog‘ yaratildi. “Kabar”ning yozishicha, bu haqda mamlakatning “Millat salomatligi” milliy dasturi direktori Dmitriy Yedelev sifatli va xavfsiz oziq-ovqat masalalari bo‘yicha tashkil etilgan anjumanda ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Dmitriy Yedelevning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston yog‘ni tozalash jarayonida yuzaga keluvchi glitsidil va uning efirini taqiqlash bo‘yicha tashabbus ko‘rsatadi.
“Glitsidil – bu juda jiddiy kanserogen bo‘lib, u Yevropa va AQShda taqiqlangan. Biroq, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hududida unga ruxsat berilgan. Qirg‘iziston glitsidilga taqiq qo‘yishda birinchilardan bo‘lib tashabbus ko‘rsatadi. Agar biz ratsiondan glitsidilni olib tashlasak, saratonga chalinish xavfini 37 foizga qisqartirgan bo‘lamiz”, — degan u.
Dmitriy Yedelevning qo‘shimcha qilishicha, YeOII miqyosida ilk bor Qirg‘izistonda yengil hazm bo‘luvchi, kanserogenlardan holi yog‘ ishlab chiqarilgan bo‘lib, u umrni uzaytirish, yurak, qon-tomir tizimi faoliyatini yaxshilash va xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega. Innovatsion texnologiyalar asosida yaratilgan yangi mahsulot kelgusida Rossiya bozoriga eksport qilinishi mumkin.
Izoh (0)