Facebook kompaniyasi shu nomdagi ijtimoiy tarmoq va Instagram’dan Eron, Rossiya, Makedoniya va Kosovoda yashovchi foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan 2,6 mingdan ortiq akkauntni blokirovka qildi, deb xabar berdi “RBK”.
Facebook’ning ma’lum qilishicha, blok qilingan sahifalar egalari “yomon xulqni namoyish etgan”.
“Biz ushbu foydalanuvchilarning xatti-harakati o‘rtasida bog‘liqlikni topa olmadik, biroq ular o‘z harakatlarida bir xil taktikadan foydalangan. Ular odamlarni chalg‘ituvchi sahifalar yaratgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)