Bavariyaning Shtraubing shahridagi muz stadionida ammiak sizib chiqishi oqibatida kamida 14 kishi jabrlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” mahalliy axborot agentliklari va politsiya ma’lumotiga tayanib ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, yana eng yaqin maktabdan 118 o‘quvchi hamda 130 nafar mahalliy aholi evakuatsiya qilindi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar ko‘z va nafas yo‘llari qichishishidan shikoyat qilgan.
O‘t o‘chiruvchilarning muz stadionida keng ko‘lamli operatsiyalar o‘tkazayotganligi ma’lum qilindi.
Hodisa 27-mart kuni ertalab stadionni ta’mirlash ishlari paytida sodir bo‘ldi.
Izoh (0)