Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi Asia Mall savdo markazi yaqinida bir necha ming kishi reper Timatidan bepul burger ilinjida tiqilinchni yuzaga keltirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Timati Bishkekka Black Star fast-fud tamaddixonasini ochish uchun kelgan va istaganlarni shaxsan o‘zi tayyorlaydigan burgerlar bilan mehmon qilishni va’da bergandi. Keyinchalik u sahnaga chiqib, konsert berdi.
Tiqilinch yuzaga kelgan manzildan tez tibbiy yordamga hech kim murojaat qilmagani bildirilmoqda.
Izoh (0)