Xonanda Sevara Nazarxon Qo‘qonning so‘nggi xoni — Xudoyorxonning sakkizinchi avlodi hisoblanadi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar bermoqda.
Samarqand viloyati “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati jamoasining Farg‘ona vodiysiga sayohati chog‘ida jurnalistlarga shunday ma’lumotdan xabardor bo‘lgan.
Qo‘qon shahridagi XIX asrning tarixiy yodgorligi — Qo‘qonning so‘nggi xoni Xudoyorxon saroyida bo‘lgan jurnalistlar bu yerdagi eksponatlar, yaqin tarixdan so‘zlovchi qo‘lyozmalar, suratlar, qurol-aslahalar bilan tanishdi.
Bu yerda Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov samarqandlik jurnalistlar bilan uchrashdi.
Hokim ushbu tarixiy maskan, uning atrofida barpo etilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish uchun olib borilayotgan ishlar, shaharda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari haqida gapirdi.
Xudoyorxon saroyi XIX asrda qurilgan bo‘lib, bugungi kungacha 114 ta xonaning 19 tasi saqlanib qolingan. Bugun nafaqat Xudoyorxon saroyi saqlanib qolingan, balki uning avlodlari ham O‘zbekistonda yashamoqda. Jumladan, xalqimizning sevimli xonandasi Sevara Nazarxon ham Xudoyorxonning sakkizinchi avlodi hisoblanadi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)