“Daryo”ga Surxondaryo viloyati Uzun tumani Nurobod qishlog‘i Malandiyon mahallasida yashovchi Jo‘rabek Boyqulov murojaat qildi.
Fuqaro o‘z murojaatida o‘zi yashayotgan qishloqdagi ichki yo‘llar abgor ahvolda ekanligini bayon qilgan hamda ushbu hududda ichimlik suvi va gaz bilan bog‘liq muammolar mavjud ekanligini ham qo‘shimcha qilgan.
Uning qayd etishicha, ushbu qishloqda 1000 ga yaqin kishi yashaydi.
“Asfalt qilinmagan ushbu yo‘llarda bolalar maktabga borishga qiylanadi, ichimlik suvi va gazni aytmasam ham bo‘ladi”, — deyiladi murojaatda.
Ushbu murojaatdan so‘ng mutasaddilar muammoni bartaraf etishga kirishadi, degan umiddamiz.
Izoh (0)