24-mart kuni soat 09:00 da Toshkentning Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida (Humo Arena muz saroy oldida) “Navro‘z” xalqaro yarim marafoni start oldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Marafon shartlariga ko‘ra, ham ayollar, ham erkaklar orasida 1 dan 8 gacha bo‘lgan o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar pullik sovrinlar, diplom va medallar bilan taqdirlanadi. Jumladan:
1-o‘rin - 12 000 000 so‘m2-o‘rin- 10 000 000 so‘m3-o‘rin- 8 000 000 so‘m4-o‘rin- 7 000 000 so‘m5-o‘rin- 6 000 000 so‘m6-o‘rin- 5 000 000 so‘m7-o‘rin- 4 000 000 so‘m8-o‘rin- 3 000 000 so‘m
O‘z guruhlarida 1 dan 6 gacha o‘rinlarni egallagan 5 km masofa ishtirokchilari esa pullik sovrinlar, diplom va medallar bilan taqdirlanadi.
Yarim marafon hamda 5 kilometrga yugurishning barcha ishtirokchilari masofa uchun belgilangan vaqt - 3 soat ichida finishga yetib kelsa, finishchi medaliga ega bo‘lishadi.
Belgilangan vaqt ichida vazifaning uddasidan chiqa olmagan ishtirokchilarga finishchi medali berilmaydi hamda ular trassada avtomobillar harakatini tiklash (yo‘lga qo‘yish) uchun musobaqadagi ishtiroklarini yetib kelgan masofasining o‘zida yakunlashadi.
Aytish kerakki, marafonda mahalliy aholi orasidan xohlovchilar, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Turkiya va Xitoydan kelgan vakillar ham ro‘yxatdan o‘tgan.
Izoh (0)