Tergov organlari IShID faoliyatiga ko‘mak berishda ayblangan o‘zbekistonlik ayolga nisbatan tekshiruvni yakunladi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tergov taxminiga ko‘ra. 1979-yilda tug‘ilgan ayol Peterburgda bo‘lib turgan vaqtida terrorchilardan olingan pullarni shaxsiy hisob raqamidan IShID faoliyati uchun Turkiya va Ozarbayjonga yuborgan.
U jami 500 ming rubldan oshiq summani o‘tkazgani aytilmoqda.
Jinoiy ish Sankt-Peterburg sudiga yuborilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)