Yangi Zelandiya parlamenti 19-mart kuni Kraystrech shahridagi ikkita masjiddagi teraktdan so‘ng maxsus yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar berdi “Islam.ru”.
Yig‘ilish fojia qurbonlari xotirasiga Qur’on tilovat qilish bilan boshlandi. Qur’onni imom Nizom ul Haq Tanvi o‘qidi.
15-mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystrech shahridagi ikkita masjidi terrorchilar tomonidan o‘qqa tutilgan edi. Terrorchilar juma namoziga yig‘ilganlar va o‘tkinchilarni otib tashlagan. Hodisa oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Yana 50 kishi jarohatlandi.
Halok bo‘lganlar orasida ayollar, keksa insonlar, yosh bolalar ham bor.
Izoh (0)