MTS AQShda kompaniyaga nisbatan ilgari surilgan jamoaviy da’vo doirasida o‘z manfaatlarini himoya qiladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Kompaniya va uning ayrim menejerlariga qarshi AQShning Nyu-York shtati okrug sudida jamoaviy da’vo kiritilgan. Kompaniya bu ayblovlarni ko‘rib chiqmoqda va o‘z manfaatlarini himoya qilish niyatida”, — deyiladi AQSh Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyasi saytida joylashtirilgan hujjatda.
Shuningdek, kompaniya qarshi da’volar taqdim etilishi ehtimolini ham istisno etmagan.
Eslatib o‘tamiz, Nyu-York shtati okrug sudiga kiritilgan da’voda investorlar MTSni O‘zbekistondagi noqonuniy harakatlarini yashirganlikda ayblagan.
Izoh (0)