Samolyotlar qit’aning turli hududlarida o‘quv mashg‘ulotlarini bajaradi hamda Tinch okeani mintaqasida harbiy uchuvchilar bilan sinxronlashtirilgan mashqlarda ishtirok etadi, deya xabar beradi “ForumDaily”.
Qo‘shma Shtatlar harbiy havo kuchlari Yevropaga oltita B-52 yadroviy bombardimonini mintaqaviy ittifoqchilar va NATO hamkorlari bilan harbiy harakatlar integratsiyasi va parvozlar tayyogarligiga mashqlar o‘tkazish uchun yuborgan.
Ushbu qadam bugun Qrim harbiy qo‘shinlari anneksiyasining besh yilligi munosabati bilan Rossiyaga kuchli signal sifatida baholanmoqda.
18-mart dushanba kuni to‘rtta B-52 samolyoti Yevropaning Norvegiya dengizi, Boltiq dengizi—Estoniya va O‘rta yer dengizi—Yunonistonning bir nechta joyiga uchirilgan.
B-52 qiruvchi samolyotlari ilk bor 1950-yillarga kelib, “Sovuq urush” davrida xizmatga kirishgan va dastlab Sobiq Ittifoqning chuqur joylariga hujum qila oladigan uzoq masofali qit’alararo yadroviy bombardimon sifatida yaratilgan.
Yangi modifikatsiyali B-52 1962-yilda foydalanishga topshirilgan va 48 metrli samolyot “sovuq urush” ramziga aylangan.
“Sovuq urush” tugaganidan so‘ng samolyotda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilgan, u yuqori aniqlikdagi raketalar, zamonaviy elektronika va yuqori texnologiyali sensorlar bilan jihozlangan.
Rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, har bir bombardimon jami 32 tonna bo‘lgan bombalar, minalar va raketalarni olib o‘tishga qodir.
Moskva mintaqada o‘z harbiy ishtirokini kuchaytirishda davom etib, AQShni ham xuddi shunday yo‘l tutishga majbur qilmoqda.
Izoh (0)