Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Yevroittifoqdan Brexit’ni keyinga qoldirishni so‘raganini aytdi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Britaniya hukumati Yevropa Ittifoqiga bu masalani 30-iyunga qadar kechiktirish uchun rasmiy talabnoma yubordi.
Mey Yevropa Kengashi rahbari Donald Tuskga Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishni kechiktirishini so‘rab xat yozganligini ma’lum qilgan.
Aslida, Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishini 29-mart kuniga rejalashtirgan edi.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mahkama vazirlarining mamlakatdan chiqib ketish haqidagi tahdididan keyin, Mey Yevropa Ittifoqidan Brexit’ni to‘qqiz oylik muddatga surishni so‘rab murojaat qilish rejasidan voz kechgandi.
Izoh (0)