Niderlandiyaning Utrext shahrida tramvaydagi otishmada uch kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi jarohatlandi. Bu haqda shahar ma’muriyatiga asoslanib TJournal xabar bermoqda. Politsiya, shuningdek, hujumda gumonlanib, 37 yoshli turkiyalik Gyokmen Tanis ismli shaxs qidirilayotganligini e’lon qildi.
“Gyokmen Tanis bugun ertalab Utrextdagi 24-oktabr maydonida sodir bo‘lgan voqea bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Unga yaqinlashmang, 0800-6070 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling”, — deyiladi politsiya xabarida.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 10:45 atrofida sodir bo‘lgan. Politsiya terroristik hujum versiyasini istisno qilmaydi va “ehtimoliy terroristik maqsad”ni tergov qilinmoqda. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, otishmani bir necha kishi amalga oshirgan . Shaharda vaqtinchalik eng yuqori xavf darajasi joriy etildi va barcha ta‘lim muassasalari yopildi.
Izoh (0)