Rossiya prezidenti Vladimir Putin jamiyat va davlatni haqorat qiluvchi ma‘lumot tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qonunda hurmatsizlik aks etgan maqolalar uchun 30 mingdan 100 ming rublgacha jarima qo‘llaniladi. Qoidabuzarlikning takrorlanishi 100 mingdan 200 ming rublgacha jarima yoki 15 sutkaga ma’muriy hibsga olinish bilan yakunlanishi mumkin.
Putin, shuningdek, soxta yangiliklarni bloklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonun fuqarolarning hayoti, salomatligi, mol-mulkiga tahdid soladigan yoki jamoat tartibini yoki xavfsizligini buzadigan tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatishni taqiqlaydi. Jarimalar miqdori 30 mingdan bir yarim million rublga qadar belgilangan.
Izoh (0)