• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “Ikkinchi non”. O‘zbekistonda kartoshka yetishtirish va iste’mol qilish madaniyati

    Kartoshka –ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan eng zarur mahsulotlardan biridir. Ilgarilari O‘zbekistonda faqat keltirilgan kartoshka ustunlik qilar edi, barcha mahalliy ishlab chiqarish esa, tomorqa yerlarida yetishtirilgan hosilga borib taqalar edi. Ushbu mahsulotni bizningn iqlim sharoitimizda yetishtirish juda mushkul bo‘lib, kartoshkani tez-tez va muntazam ravishda sug‘orishni talab etadi. Shu bois ham fermerlar dastavval paxta, bug‘doy va dukkakli sabzavotlarni afzal deb bilishdi.

    So‘nggi yillarda kartoshka ishlab chiqarish shiddat bilan rivojlandi. 2009-yilda kartoshka bozorining yetakchilaridan bo‘lgan Agrover MChJ agroxolodingi tashkil etildi. Mazkur kompaniya har yili iste’mol uchun kartoshka bozorini elita navli kartoshka urug‘lari hamda eng sara kartoshka mahsuloti bilan ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi № PP 3558–sonli “Respublikada kelgusida kartoshka urug‘chiligi yetishtirishni rivojlantirish bo‘yicha chora–tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bu borada olib borilayotgan chora–tadbirlarni yanada takomillashtirishga xizmat qildi.

    Navro‘z ayyomi arafasida kartoshka ishlab chiqarish Assotsiatsiyalari yirik qishloq xo‘jaligi anjumani – Xalqaro kartoshka kunini o‘tkazadi. 19-mart kuni bo‘lib o‘tadigan mazkur tadbirda kartoshka ishlab chiqaruvchilar Assotsiatsiyasi vakillari – qishloq xo‘jaligi ITI (ilmiy –tekshirish instituti), yirik fermerlik xo‘jaliklari, MDH va Yevropadan mehmonlar, Agrover MChJ, o‘g‘it va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda eng zamonaviy agrar texnologiyalari va uskunalari ishlab chiqaruvchilari, urug‘chilik, irrigatsion hamda qadoqlash kompaniyalari, har qanday turdagi qishloq xo‘jaligi madaniyati uchun kimyoviy o‘g‘it yetkazib beruvchi kompaniyalari ishtirok etadi.

    O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan Xalqaro kartoshka kuni, sohada erishilayotgan yutuq va kamchiliklar xususida Agrover MChJ agroxolodingi direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Xodjayev bilan suhbatlashdik.

    – Baxtiyor Amannullayevich, aytingchi, Xalqaro kartoshka kuni qanday kun va nega ushbu kunni o‘tkazishga qaror qildingiz? Anjuman ishtirokchilari va mehmonlarni mazkur tadbirda nima kutmoqda?

    –Har yili xalqaro festivallarni o‘tkazish barcha kartoshka ishlab chiqaruvchilari uchun yuksak professional voqea hisoblanadi. Xalqaro kartoshka kunidaO‘zbekiston va xorijiy davlatlar agrar sohasi vakillari, MDH va Yevropaning yirik kartoshka ishlab chiqaruvchi kompaniyalari, eng zamonaviy agrar texnologiyalar va uskunalarni ishlab chiqaruvchilari, urug‘chilik, irrigatsion hamda qadoqlash kompaniyalari o‘zaro tajriba almashib sohaning eng so‘nggi yangiliklaridan boxabar bo‘ladilar.Yirik miqyosdagi ushbu agrar anjumani tashkilotchisi – O‘zbekiston kartoshka ishlab chiqarish Assotsiatsiyasi, yirik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi Grimme nemis kompaniyasi hamda Agrover MChJ agroxolodingidir.Quvonarlisi shuki, endilikda biz bu kabi ahamiyatga molik anjumanga xorijiy kompaniya vakillarini ham taklif etish va respublikamiz agrar sohasida erishilgan yutuqlarni namoyish eta olish imkoniyatiga ega bo‘lganimizdir.

    Agrover kompaniyasi nima sababdan kartoshkaga alohida e’tibor qaratdi?

    – Agrover kompaniyasi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi yirik agroxolding asoschilaridan biridir. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishi kartoshka bo‘lishiga qaramay, bug‘doy, makkajo‘xori, soya mahsulotlari va gullar ham yetishtiramiz. Ishni endi boshlagan vaqtlarimizda yer maydonimiz kichkina –20 gektar atrofida edi. Biz eng sara, elita navlarni saralab olish uchun mutaxassislarimiz tomonidan ko‘plab sinovlar o‘tkazdik. Qizig‘i shundaki, ekin–tikin ishlarini qo‘lda yasalgan kichkinagina issiqxonalarda boshlagan edik. Avvaliga “Aysberg” salati, pomidor, sabzi, karam va mevali daraxtlar ekdik. Va nihoyat, kartoshka ekib, uni o‘rgana boshlaganimizda izlagan narsamizni topganimizni tushunib yetdik. Kartoshka eng kam o‘rganilgan noan’anaviy mahsulot bo‘lsa ham bizga O‘zbekiston uchun eng talabgor ekanligini angladik. Ushbu mahsulot bilan professional darajada juda kam shug‘ullanishgan bo‘lishga qaramay, kartoshka strategik jihatdan muhim oziq-ovqatlar ro‘yxatiga kiritilgan “ikkinchi non” ham hisoblanadi. Shu bois faoliyatimizning qolgan qismini biz kartoshka yetishtirishga moslashtirdik.

    - Kartoshkani yetishtirish qanchalik darajada murakkab?

    - Bizgacha respublikamizda yirik hajmda kartoshka yetishtirishning aniq usuli yo‘q edi. Odatda kartoshkani an’anaviy usulda yetishtirishgan. Shu bois ham, bizning tuproq va iqlim sharoitiga tayangan holda o‘simlikning to‘liq o‘sish davrini (sikl) o‘rganib, agrotexnik talablarini ishlab chiqishimizga to‘g‘ri keldi. Urug‘ni to‘g‘ri ekish, yetishtirish va sug‘orish orqali kutilgan natijaga erishish yo‘llarini o‘rganib bordik. 90-yillar o‘rtalarida gollandiyalik mutaxassislar bilan kartoshka yetishtirish bo‘yicha katta loyiha amalga oshirildi. Ya’ni zamonaviy texnologi vositalar o‘rnatilib, fermerlar bilan kartoshka urug‘ini undirish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.

    Mintaqamiz iqlim sharoiti tufayli O‘zbekistonda ushbu mahsulotni yetishtirish juda murakkab hisoblanadi. Masalan, bizda issiq va quruq havo, kartonka ildizi bir tekisda, bir hil hajmda o‘sishi uchun mužim agrotexnik chora-tadbirlarni o‘tkazish zarur. Bunda an’anaviy usul – jo‘yak (egat)larni sug‘orish hisoblanib, unda suv yuqori nuqtadan quyiladi va ariqchalar orali dalaning quyi qismiga borib quyiladi. Biroq, bu usulda inson faktori juda muhim ahamiyat kasb etadi. Yaxshi hosilni olish uchun yer uchastkalarigasuvni teng taqsimlab, tuproqni ma’lum namlik va haroratda saqlash lozim. Agar shunday qilinmasa, ekin maydonining qayeridadir suv yetishmay, qayeridadir, aksinka me’yoridan ortib ketishi oqibatida kartoshka yomon o‘sadi va chirib ketadi. Biz sug‘orishning avtomatlashtirilgan usulini joriy qilishni boshladik. Salkam 600 gektar yerni sprinkler (masofadan turib)aylanma sug‘orish imkonini beruvchi qimmatbaho texnologiyani Isroildan sotib oldik. Shuningdek, dalalarda Fregat yomg‘irlatuvchi mashinalaridan ham foydalanyapmiz. Sekin-astalik bilan barcha dalalarni ushbu zamonaviy tizim bilan yangilaymiz.

    Qishloq xo‘jaligi rivojidagi mužim faktor – bu almashib ekishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdadir. Shu bois ham, almashib ekishdek noyob usulni ishlab chiqdik, bunda saralab olingan kartoshka urug‘i bir maydonda navbatma-navbat ekiladi. Bir uchastkada kartoshka, bug‘doy, makkajo‘xori va turli dukkakli o‘simliklar ekiladi. Bu tuproqning hosildorligi va samaradorligini ushlab turishda yordam beradi. Ilgari ushbu xo‘jalik madaniyatida“achinarli zarurat”ni ko‘rishgan bo‘lsa, hozirda mutaxassislar jalb etilib, urug‘lash fondi ustida ishlay boshladilar va hosildorlikni 2 marotabagacha oshirdilar. Natijada, bug‘doy va makkajo‘xori urug‘ini ishlab chiqarishda yetakchilardan briga aylandik. Endilikda, dukkakli xo‘jalik ekinlari ustida ish olib bormoqdamiz. Shu bilan birga kuzda ekiladigan sabzavot ekinlarini navbatma-navbat kishni yo‘lga qo‘ydik.

    -Kartoshka yetishtirish jarayoniga qanday yondashasiz, shu borada ham to‘xtalsangiz.

    - Eng avvalo, almashib ekish usuliga qat’iy amal qilgan holda uchastkalar bo‘yicha ekinlarni joylashtirishni ishlab chiqdik. Har bir ekinni almashib ekish bo‘yicha agrotexnik karta ishlab chiqilmoqda. Rejamizga ko‘ra moliyaviy mablag‘ ajratilib, u ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mahsulotni sotib olishgasarflanadi. Shundan so‘ng, qishloq-xo‘jalik texnikasini sozlagan holda, ko‘zlangan barcha agrotexnik chora-tadbirlarni o‘tkazamiz. Odatda, bu kabi tadbirlarda ekish oldidan urug‘ni tayyorlash, qatorlar orasini sust kultivatsiya qilish, mineral o‘g‘it solish, ekish, sug‘orish, qo‘shimcha oziqlantirish, o‘sayotgan o‘simliklar urug‘ini qayta ishlash kabi ishlar amalga oshiriladi. Barcha chora-tadbirlarni qabul qilingan reglamentga qat’iy amal qilgan holda nazorat qilib boramiz.

    Asosiysi, mexanizatsiyalashgan innovatsion texnologiyalarni dadil amalga tatbiq etdik. Bizda qishloq-xo‘jalik texnikasining katta parki: faol va sust kultivatori, turli ekinlarni ekish agregatlari mavjud. Ilgari katorshkani O‘zbekistonda asosan qo‘lda ekishar edi, lekin biz kartoshka yetishtirishda mahsulotning minimal tan-narxini chiqarish va sarf-xarajatlarni qisqartirish maqsadida barcha jarayonni mexanizatsiyalashga qaror qildik. Erishilgan natijalarni yanada yaxshilash uchun hozirgi kungacha barcha jarayonlarni sinov dalalarida amalga oshirmoqdamiz. Kartoshka yetishtirishga bunday yondashuv yaxshi natijalarga erishish imkonini beradi: respublikamizning ayrim hududlarida hosilni yiliga uch marotabagacha olamiz.

    Agroxolding a’zolari tomonidan mahsulotimizni uzoqroqvaqt saqlash va iste’molchi bozoriga muqobil narxlarda sifatli yetkazib berish maqsadida bir nechta kartoshka saqlash maxsus joylari qurildi. Sohada olib borilayotgan sa’y-harakatlar yildan-yilga o‘z samarasini bermoqda, ya’ni urug‘ materialini chetdan keltirish kamayib, mahalliy kartoshka ishlab chiqaruvchilari o‘zining iqlimga moslashtirilgan, sifatli mahsuloti bilan ta’minlanmoqda.

    - Siz yiliga uch marotaba hosil olish masalasiga to‘xtalib o‘tdingiz. Kartoshka qisqa vaqt ichida shunchalik tez pishib yetilishga ulguradimi?

    - O‘zbekiston noyob mamlakat. Bu yerda shunchalik turli xil tabiiy sharoit kuzatilgani bois, biz 9 oy mobaynida kartoshka ekib, 7 oy davomida hosilni olishimiz mumkin. Turli hududlarda kartoshkani ekib, bir necha marotaba hosil olamiz.

    Bizda kartoshkaning super erta, erta va kechki navlari bor. Surxondaryo viloyatida biz super erta va kechki navlarini yetishtiramiz. Dekabr-yanvar oylarida super-erta navi ekilib, aprel-may oylarida hosilni olamiz. Kechki navi esa avgust oyida ekilib, dekabrda hosil olinadi. Ekinlar oralig‘ida esa biz boshqa xo‘jalik ekinlardan ham daromadli hosil olamiz. Toshkent viloyati va Toshkent atrofidagi pastqam joylargamart oyida kartoshka urug‘i ekib, iyunda hosil olinadi. Kartoshkaning super erta va erta navlari faqat iste’mol bozori uchun yetishtiriladi. Tog‘oldi hududlarida esa kartoshkaning o‘rta va kechki navlarini ekamiz. Bu iste’mol bozoriga yuboriluvchi va keyingi yilga sifatli urug‘li fondini shakllantiruvi asosiy hosil hisoblanadi.

    - Sizlarda yer maydonlari qancha va qanday hosil yetishtiriladi?

    - Bizning qishloq-xo‘jalik yerlarimiz Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 5 ming gektarni tashkil etadi. Bug‘doy va don ekinlaridagi o‘rta hosildorlik 70-80 sentnerni tashkil etib, umumiy hisobda bu derli 170 ming sentnerga teng demakdir. Dukkakli ekinlar esa, har bir gektariga 40-50 sentner hosil beradi. Kartoshkani qayta ekishni ham hisobga olganda taxminan 2 ming gektara ekiladi, o‘rtacha hosildorlik har bir gektardan 250 sentnerni tashkil etib, asosiy ekish, qayta ekish va kuzgi ekishdagi yalpi mahsulot 50 ming sentneri tashkil etadi.

    Biz hosildorlikni oshirish borasida har doim ish olib boramiz. Sekin-astalik bilan urug‘ni o‘zimiz yetishtirishimiz kerakligini anglab yetdik. Chunki urug‘chilik fondi yangilanmasa, yildan yilga kartoshka o‘z sifati va hosildorligini yo‘qotib boradi. Ilgari biz urug‘ni Gollandiyadan olib kelib ko‘paytirgan holda ekar edik, lekin dastavval hosildorlik oshmadi. Buning sababini o‘rganishga qaror qildik va bizda hamisha zahira bo‘lishi va sifat yomonlashmasligi uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida urug‘ dalalarini yaratdik. Navlarni saralab, sug‘orishning turli usullarini qo‘llash orqali hosildorlikni 30 foizga oshirishga erishdik. Har bir gektardan 46 tonna hosil olindi va erishilgan natija rekord darajani ko‘rsatdi.

    Navlarni chatishtirish orqali saralashni davom ettirmoqdamiz. Har yili kartoshkaning turli navlarini olib kelib sinov uchastkalarida ekamiz. Kartoshka ekini qanday o‘sayotganligi, qanday kasallikka uchragani, hosildorlik qay darajada ekanligi bizning quruq iqlimga qanchalik chidamli ekanligini nazorat qilib boramiz. Shuningdek, laborator tadqiqotlar o‘tkazamiz. Bugungi kunda Agrover kartoshkaning asosiy 8 navini yetishtirmoqda. Ular Germaniya, Rossiya, Belorusiya, asosan Gollandiyadan keltirilgan turli elita urug‘larining yirik miqdoridan “saralab” olingan.

    - Kartoshkaningkatta miqdordagi hosildorligini saqlab qolishga qanday erishyapsiz?

    - Albatta zamonaviy texnologiyalarsiz bu ishning uddasidan chiqa olmas edik. Yaxshi hosildorlikni saqlashda kartoshka po‘sti yaxti bo‘lishi muhim. Shuningdek, kartoshkani o‘z vaqtida yig‘ib-terib, tuproqdan tozalash, navlarga ajratish, maxsus havo bilan shamollatish, muzlatish jarayonini o‘tkazib, saqlashga qo‘yish lozim. Bunda zanjirlar ketma-ketligi Aniq tashkillashtirilgan logistikani, kartoshkani saqlash texnologiyasi va maxsus asbob uskunani talab etadi. Agar shu jihatlar bo‘lmasa, judakattayo‘qotish kuzatiladi. Natijada 25 foizgacha bo‘lgan hosilni yo‘qotishimiz mumkin. Quvonarlisi, bugungi kunda bizda 17 tonnalik mahsulotni saqlash imkoniga ega bo‘lgan barcha zanjirlar ketma-ketligini ta’minlovchi salohiyat mavjud. Yevropa uskunasi bilan yangilangan sabzavot saqlanadigan joylarimiz kartoshkani eng kam yo‘qotishlar bilan 9 oygacha saqlash imkonini beradi. Hozirda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida gollandiya texnologiyasi bo‘yichayana bir kartoshka saqlash joyi (ombor)qurilyapti.

    - Kartoshkadan qanday boshqa mahsulot qayta ishlamoqchisiz?

    - Yaxshi hosildorlik istiqbolli rivojlanishni talab etadi. 2015 yilda o‘z zavodimizni qurishni niyat qilgan edik va mana 2019 yilda zavod ochilishga tayyor. So‘nggito‘rt yil mobaynida mintaqada french friyes (bizga ko‘proq kartoshka fri sifatida ma’lum bo‘lgan) hamda flakes (kartofel kukuni deya nomlanuvchi) kartoshkani yarim tayyor mahsulotga qayta ishlash bo‘yicha mukammal “Solanuz” korxonasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rildi. Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati – bir yilda 20 tonnalik yillik mahsulotga tengdir. Korxona ishlab chiqarish yo‘nalishi golland mutaxassislari tomonidan eng ilg‘or yevropa uskunalari bilan jamlangan. Hech qanday qo‘shimchalarsiz, noyob muzlatish usuli orqali ajoyib shakldagi betakror ta’m xususiyatiga ega bo‘lgan kartoshka har bir oilada sevimli kechki taomga aylanadi.

    - Kartoshka yetishtirish va ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiya, tadqiqot va tajribaga ega yirik agroxolding sifatida tajribangizni boshqa kompaniyalar bilan ham bo‘lishasizmi?

    - Kartoshka ishlab chiqarish Assotsiatsiyalari tashkil etilishida tashabbuskorlardan biri hisoblangan “Agrover” kompaniyasi jami 20 dan ortiq MDH va Yevropaning eng zamonaviy agrar texnologiyalari va uskunalari ishlab chiqaruvchilari, kartoshka urug‘chilikni yetishtirishda navlarni sinovdan o‘tkazish, hosildorlikni oshirishdagi 12 yillik to‘plangan tajribasi bilan bo‘lishibgina qolmay, kartoshkani ekishdan to unga qayta ishlov berishgacha bo‘lgan jarayonninamoyish etadi.

    Xalqaro kartoshka kuni – O‘zbekiston va xorijiy davlatlar agrar sohasi vakillari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, kartoshka ishlab chiqarish sohasida xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek respublika agrar sohasida erishilgan yutuqlarni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Shunday ekan, sohada olib borilayotgan ishlarni znada takomillashtirishga qaratilgan istiqbolli rejalarimiz hali juda ko‘p.

    Reklama huquqi asosida.

    17.03.2019, 15:39   Izoh (0)   35030
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hamma e’tibor qaratadigan reklama — TV Top’dan “Navro‘z” aksiyasi!

    15.03.2019, 18:00

    “Ipak Yo‘li” banki Master Card tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqda

    14.03.2019, 15:00

    Yuz yog‘li bo‘lsa qanday chora qo‘llash mumkin?

    14.03.2019, 12:00

    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda ilk bor Transformers Roadshow tadbirini o‘tkazdi

    13.03.2019, 18:00

    To‘kilgan sochlarni qayta tiklash mumkinmi?

    13.03.2019, 15:10

    Toshkentda yurak qon-tomir jarrohlik markazi American Hospital o‘z faoliyatini boshladi

    13.03.2019, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50

    “Turmushga chiqishimni o‘ylab bunday rollarni rad etyapman”. Aktrisa Nozanin Gaffarova kasbidan voz kechmasligi va katta tanqidga uchragani haqida

    Layfstayl | 12 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.