12-mart kuni O‘zekspomarkaz hududida ITC binosida Islom taraqqiyot banki (ITB) ko‘magida Transformers Roadshow ilmiy tanlovi o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning so‘zi bilan boshlandi. U tanlov mamlakatdagi ilmiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng, so‘z ITB Bosh maslahatchisi Hayat Sindinga berildi va u Transformers Roadshow tanlovining ijtimoiy-muhim tashabbusi haqida gapirdi.
Tanlovda jami 50 dan ortiq tadbirkor, olim va innovator ishtirok etdi. 20 ta ariza BRM dasturiga (2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlari), jumladan, innovatsiya, ta’sir va qamrovi, yirikligi, barqarorligi, patentlash va tijoratlashtirish kabi omillarga muvofiq loyihalarni baholash uchun tanlangan. Tanlov ishtirokchilari loyihalarni rivojlantirish, topshirish va amalga oshirish bo‘yicha murabbiylardan mahorat darsini ham qo‘lga kiritdilar.
Tanlovda hay’at va mentorlar sifatida ITB Bosh maslahatchisi Hayat Sindi, LeverageSciyence kompaniyasi bosh direktori Fil Rondazzo va kompaniya asoschisi Lars Croyer, Allied Crowds vakili, shuningdek, O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etgan. Mutaxassislar turli sohalarda o‘nlab taqdimotlarni tinglab, uchta g‘olibni aniqladi:
1. Zafar Iskandarov (suvni tozalashni yaxshilash loyihasi uchun)
2. Shaxlo Miraliyeva (probiyotiklar ishlab chiqarishni yaxshilash loyihasi uchun)
3. Guliston Orazimbetova (Qoraqalpog‘iston Respublikasida sement ishlab chiqarishda xomashyo unumdorligini oshirish loyihasi uchun).
O‘zbekistonda Daun sindromi bo‘lgan bolalarni rivojlantirish markazini tashkil etishni taklif qilgan Hilola To‘xtamuradova tanlovdan tanshqari g‘olib deb topildi.
Har bir g‘olib 3000 AQSh dollari sohibi bo‘lib, 2019-yilda Senegalda o‘tkaziladigan Transformers Roadshow sammitiga taklif qilinib, SmartImpact Capital onlayn kursiga o‘qish imkoniyatlari berildi.
“O‘zbekistonda juda ko‘p ixtirochilarni ko‘rishdan mamnunman. Transformers Roadshow jamg‘armasini ishga tushirganimizda, maqsad mahalliy tadbirkorlar va o‘z jamiyatini his qilgan innovatorlar tomonidan ishlab chiqilgan ilm-fan, texnologiya va innovatsion echimlarni qo‘llab-quvvatlash edi. Biz O‘zbekistonga grant mablag‘laridan ko‘proq ehtiyoj borligini tan olamiz, u yanada barqaror va har tomonlama o‘sishni ta’minlash uchun innovatsion echimlarga muhtoj”, – deydi doktor Hayat Sindi.
Transformers Roadshow 2018-yilning iyul oyida Transform jamg‘armasi tomonidan asos solingan. Jamg‘armaning o‘zi ITBning inson kapitalini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha strategik yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Avvalgi tanlovlar Niger, Qozog‘iston va Bangladeshda bo‘lib o‘tdi, unda bank allaqachon to‘qqizta innovatorni mukofotlashga muvaffaq bo‘ldi. Ularning barchasi o‘zlarining g‘oyalari bilan oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘lom hayot, keng qamrovli va adolatli ta’lim, barqaror suv ta’minoti va sanitariya boshqaruvi, arzon va toza energiyadan foydalanish va rivojlanayotgan dunyoda barqaror sanoatlashtirishga erishishda taraqqiyotni jadal rivojlantirishga yordam beradi.
“Biz butun O‘zbekiston bo‘ylab innovatorlarni qutlashdan mamnunmiz va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ITBning muvaffaqiyati haqida gapirishimiz shart. O‘zbekiston hukumati innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning boy tarixiga ega va kelgusida ham shunday yo‘l tutadi”, — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.
Islom taraqqiyot banki 40 yildan ortiq vaqt mobaynida keng miqyosda ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan jamoalarning hayotini yaxshilash uchun ishlaydigan xalqaro moliyaviy tashkilot. Bankning bosh ofisi Jidda (Saudiya Arabistoni) da joylashgan, shuningdek, Marokash, Malayziya, Qozog‘iston va Senegaldagi yirik markazlarga, shuningdek, Misr, Turkiya, Indoneziya, Bangladesh va Nigeriyada ofislarga ega. ITB dunyoning har beshinchi aholisining hayotiga ta’sir qiluvchi to‘rtta qit’ada 57 a’zo davlatlarni birlashtiradi.
O‘zbekiston 2003 yilda ITBga a’zo bo‘ldi. Bugungi kunda ITB O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, ta’lim, irrigatsiya va melioratsiya, energetika, suv ta’minoti, kommunal xo‘jalik, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash sohalarida 20 dan ortiq loyiha amalga oshirdi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)