O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari to‘rt oydan beri o‘sib kelmoqda, deb xabar berdi Markaziy bank matbuot xizmati.
2019-yil 1-mart holatiga ko‘ra yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi 28 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
Undan 13,2 milliard dollar - xorijiy valyutadagi aktivlar, 14,4 milliard dollar - monetar oltin. Sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 27,4 milliard dollarni tashkil etdi.
Yil boshidan beri sof zaxiralar qariyb 1 milliard dollarga o‘sdi (1-yanvarda 26,3 milliard dollar bo‘lgan).
Izoh (0)