Britaniyaning The Lancet ilmiy jurnali turli mamlakatlardagi qarish belgilarining o‘rtacha yoshiga oid tadqiqot natijalarini e’lon qildi, deya xabar beradi Sputnik.
O‘zbekiston uchun ushbu yosh 57 sanaladi.
Olimlar tomonidan olingan natijalarga ko‘ra, qarish o‘rtacha 65 yoshni tashkil qiladi, ammo O‘zbekistonda bu yosh ancha oldin keladi. Shunday qilib, respublika umumiy reytingida 183-o‘rinni egallagan.
Rossiyada ham qarish jarayoni oldinroq boshlanadi — 59 yoshda, ya’ni prezident tomonidan tayinlangan pensiya yoshidan bir yil oldin keladi.
Olimlar tomonidan o‘rganilgan davr 27 yilni tashkil qilgan —1990- yildan 2017-yilgacha.
Bundan tashqari, olimlar keksayishning eng kechi 76,1 yoshda Yaponiya va Shveysariya aholisi orasida, shuningdek Fransiya va Singapurda — 76 yoshda ekanligini aniqlagan.
Izoh (0)