Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom shtatda o‘lim jazosini man etish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
O‘lim jazosiga moratoriy Kaliforniyada shunday jazo qo‘llangan barcha kishilar uchun hukm ijrosining kechiktirilishini anglatadi.
“Odamni qasddan o‘ldirish noto‘g‘ri narsa va men gubernator sifatida kimnidir qatl etilishini kuzatmayman”, — dedi Nyusom.
Ma’lumot uchun, hozirda shtatda 737 kishi o‘lim hukmi ijro etilishini kutmoqda.
Izoh (0)