2019-yilning 21-martidan boshlab beshta qit’adagi restoranlarda va Fransiyaning 150 dan ortiq elchixona va konsulliklarida bosh oshpazlar “fransuzcha tushlik”ning o‘z talqinini taqdim etadi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
21—30-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Fransiya mazasi / Goût de / Good France” No More Plastic fondiga ko‘mak ko‘rsatadi.
21-martdan 30-martga qadar Toshkent, Buxoro va Jizzaxda 7 ta restoran fransuz gastronomiyasi 5-xalqaro festivalida ishtirok etadi.
Toshkentda 21-mart kuni Assorti, La Cantine, 23-mart kuni Banket Hall va 30-mart kuni Sato restoranlarida tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Buxoroda 22-mart kuni Old Bukhara va 24-mart kuni Bukhara Tower restoranlarida bo‘lib o‘tadi.
Jizzaxda festival 23-mart kuni Fresh Garden restoranida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)