Flydubai loukosteri Dubay va Samarqand o‘rtasida reysni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda aviakompaniya vitse-prezidenti Jayhun Afandi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
“O‘zbekistondagi rejalarimizdan biri dastlab Samarqand, so‘ng boshqa shaharlarga ham reyslar ochish. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, turistlarning asosiy qismi o‘sha yerga boradi. Ular hozircha avval Toshkentga uchadi, so‘ng poyezd yoki avtoda Samarqandga boradi”, — dedi Jayhun Afandi.
Ma’lumot uchun, Flydubai aviakompaniyasi 11-mart kuni Dubay va Toshkent o‘rtasida reysni yo‘lga qo‘ydi hamda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni taklif etuvchi BAAdagi ilk aviatashuvchi bo‘ldi.
Izoh (0)