Jizzax neftni qayta ishlash zavodi qurilgudek bo‘lsa, Qozog‘iston tomoni 5 million tonnaga neft yetkazib beradigan quvurni foydalanishga topshiradi. Bu haqda mamlakat energetika vaziri o‘rinbosari Bulat Akchulakov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kazinform”.
Loyihaning ishchi nomi “Chimkent—Jizzax” deb nomlangan.
“Biz hozircha faqat texnik muzokaralar o‘tkazdik. O‘zbekistonda Jizzax zavodi qurilishi bo‘yicha uzil-kesil bo‘yicha qaror qabul qilinishini kutyapmiz”, — dedi Qozog‘iston senati oldidagi chiqishi chog‘ida Akchulakov.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, mazkur neft quvuri kredit mablag‘lari hisobiga quriladi.
Izoh (0)