• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hatto televideniye ham muammoga ko‘z yumdi”. Qarshi tumanidagi mahalla aholisini qiynab kelayotgan 3 yillik muammo haqida

    Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi “Mevazor” mahalla ahlining “Daryo”ga qilgan murojaatiga quloq tutganimizda, aholi 3 yillik muammosi hal bo‘lmayotganidan shikoyat qildi. Mahalla ahlining bildirishicha, hech qaysi mutasaddi tashkilot ushbu hudud aholisi muammosi bilan zarracha ham qiziqmayotgan ekan. Ma’lum bo‘lishicha, hududdagi 9/4, 10/28 ko‘p qavatli uylar yonida joylashgan chiqindixonadan chiqayotgan badbo‘y hid aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “10 yildan beri shu yerda yashayman, — deydi Mukarram Tagziyeva. – So‘nggi 3 yil davomida ushbu hududdagi chiqindixonadan chiqayotgan badbo‘y hidga chidab bo‘lmay qoldi. Kelib tozalab ketishadi, ammo chala tozalashgani bois ham badbo‘y hid ketmaydi. Aksincha, battar sasiydi”.

    Aholi vakillarining aytishicha, chiqindi uchun to‘lovlar MIB xodimlari tomonidan oldindan undiriladi. Ammo chiqindini tozalashga kelganda esa “mas’ullar quyon bo‘ladi”.

    Foto: “Daryo”

    “Pulni oldindan olishmoqda, ammo chiqindi tozalanmayapti-da, — deydi aholi vakillari “Daryo” muxbiri bilan suhbatda. — Shirkat raisiga aytsak, “menga aytmanglar ana MIBga aytinglar” deydi. To‘g‘ri, endi chiqindi uchun to‘lovlarni MIB undirayapti. Ammo MIBga aytsak ham foydasi bo‘lmayapti-da. Nima qilishga boshimiz qotdi”.

    “Chiqindi uchun to‘lovni haqiqatdan ham bugungi kunda MIB undirayapti, — deydi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi inspektori Gulnoza Dilmurodova. – Ammo bu degani chiqindini ham MIB oladi deganimas. Aholidan chiqindi uchun undirilgan pul mana shu ishga mas’ul tashkilot hisob raqamiga tushadi. Shunday ekan, bu borada o‘sha tashkilotlar mas’uliyatliroq bo‘lishsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi”.

    Foto: “Daryo”

    Murojaatchilarning ma’lum qilishicha, chiqindi uchun oldindan pul undirilayotganiyu, chiqindixona ahvoli o‘nglanmayotgani xususida aholi tuman hokimligi, tuman “Toza hudud” va tuman Sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi mutasaddilariga ham murojaat qilgan.

    “Tuman hokimligiga yozma ravishda murojaat qildik, — deydi Umida Choriyeva. – Haligacha na javob berishdi, na muammoimizni kelib o‘rganishdi. O‘tgan safar viloyat televideniyesidan ham kelib o‘rganib ketishdi. Syomka ham qilishdi. Ammo efirga ketmadi. Hatto televideniye ham muammoga ko‘z yumdi”.

    Mukarram Tagziyeva va Umida Choriyeva.

    Mukarram Tagziyeva va Umida Choriyeva.
    Foto: “Daryo”

    Mukarram Tagziyeva ham bu borada tuman Sanitariya va epidemiologiya nazorat markaziga, “Toza hudud” korxonasiga murojaat qilganini, ammo mas’ullar “chora ko‘ramiz”dan nariga o‘tishmaganini aytmoqda.

    “O‘zim bir necha marotaba “sanepidemstansiya”, “Toza hudud”ga bordim, — deydi Mukarram Tagziyeva. — Muammoni aytdim. Har safar “chora ko‘ramiz” deya takrorlashdan charchashmaydi. Amaliy natija yo‘q”.

    “Qarshi tumanidagi “Mevazor” mahallasidagi chiqindi bilan bog‘liq muammodan xabarimiz yo‘q ekan, — deydi viloyat ekologiya va atrof muhitni nazorat qilish boshqarmasi huzuridagi Sanitar tozalash xizmatlari tashkil etish markazi rahbari Nurbek Navro‘zov. – Agar murojaat qilishganda bilardik, demak bizga bu borada bildirishmagan”.

    “Mevazor” mahallasida joylashgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi Fazliddin Jo‘rayevning aytishicha, “Toza hudud” ishchilari chiqindini chala olib ketishiga yoqilg‘i borasida muammolarini sabab qilib ko‘rsatishgan.

    Fazliddin Jo‘rayev (o‘ngda).

    Fazliddin Jo‘rayev (o‘ngda).
    Foto: “Daryo”

    “Chiqindini olib ketayotgan “Toza hudud” ishchi va haydovchilariga chiqindini tozalab olishlari lozimligini aytganimda yoqilg‘isi kamligini bahona qilib, “keyingi safar olib ketamiz” deyishgan”, — deydi shirkat raisi Fazliddin Jo‘rayev.

    Umida Choriyevaning qo‘shimcha qilishicha, ilgari chiqinxona hozir joylashgan manzilidan 10-15 metr narida bo‘lib, “chiqindi muammosini hal etamiz” deb, chiqindixonani hozirgi turgan joyi — “dom”ga yaqinroq hududga ko‘chirishgan.

    “Oldin chiqindi to‘kiladigan joyni hamma tomoni ochiq bo‘lgani bois, buzib tashlashib “dom”imizga yaqin joyga ko‘chirishdi, — deydi Umida Choriyeva. — Shirkat raisi esa chiqindi sochilib ketmasin deb, uch tomonini yopib qo‘ydi. Ammo chiqindini tozalab ketishga mas’ul bo‘lganlar har safar uyulib ketgan chiqindilarning ustki tomonini olishib, chala qoldirib ketishadi. Oqibatda esa “chiqindining badbo‘y hididan bahra olib yashayapmiz”.

    Aholi so‘ziga ko‘ra, chiqindixona yonida ichimlik suvi keladigan suv jo‘mragi bor bo‘lib, chiqindi suvi o‘sha jo‘mrakkacha oqib kelar ekan.

    “Suv oladigan “kran”imizgacha chiqindi oqib keladi, — deydi Mukarram Tagziyeva. – Shamol tursa, har xil chiqindi qog‘oz va paketlar uchib keladi. Tozalashdan charchaymiz. Shanbaliklar tashkil qilib, tozalashga harakat qilib ko‘rdik, ammo eplolmadik. Boisi, xalta-xalta chiqindi keltirib tashlashgan. Ko‘tara olmadik”.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hududdagi chiqindixona 3 ta ko‘p qavatli uy uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, chiqindixonaga “Mevazor” mahalladasigi xonadon ahli ham “Saxtapiyoz” mahallasi ahli ham chiqindi tashlaydi.

    “Domda yashovchilardan xalta-xalta kul chiqmaydiku, — deydi Umida Choriyeva. – Yarim kechasi kelib tashlab ketishadimi bilmayman, har safar chiqindixonada xalta-xalta “musor” yig‘ilib qoladi”.

    “Mevazor” mahallasidagi xonadonlarning birida yashovchi Diyor Zohirov ham ushbu ko‘p qavatli uylarning yonidan o‘tishda qiynalishini, chiqindixonadan chiqayotgan badbo‘y hidga chidab bo‘lmasligini, bu ayniqsa yosh bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazayotganini aytmoqda.

    Diyor Zohirov.

    Diyor Zohirov.
    Foto: “Daryo”

    “Shu yerdan o‘tishga qiynalaman, — deydi Diyor Zohirov. – Og‘zi, burnimni yopib o‘taman. Hidiga chidab bo‘lmaydi. Bahor va yoz oylaridagi ahvolni ko‘rsangiz “dod deysiz”. Bundan chiqayotgan hid sal naridagi bolalar o‘yingohida o‘yonayotgan farzandlarimizning sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligiga kim kafolat beradi?”

    70 yoshni qoralagan Gulnora momo Murzatova hamda Musurmon Umarovlar ham ushbu chiqindixona aholi salomatligiga zarar yetkazayotganini, chiqindixona ushbu hududdan ko‘chirilishi yoki binoyidek tozalanishi kerakligini bildirishmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Ushbu chiqindixona tozaligini ta’minlash maqsadida bir nafar ishchi jalb qildik, — deydi shirkat raisi Fazliddin Jo‘rayev. – Ammo aholi 1000 so‘mdan berishga ham qiynaldi. Oqibatda ishchiga mehnati uchun pul berish muammo bo‘lib qoldi”.

    Fazliddin Jo‘rayevning ma’lumot berishicha, o‘tgan yili 86 million mablag‘ evaziga ushbu ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘lak ta’mirlangan, ko‘cha chiroqlari o‘rnatilgan. Hatto “dom” oldida bolalar o‘yingohi ham barpo etilgan.

    Bolalar o‘yingohi.

    Bolalar o‘yingohi.
    Foto: “Daryo”

    Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, Qarshi shahridagi “Ko‘lbo‘yi” ko‘chasida yashovchi aholi ham “Daryo”ga qilgan murojaatida chiqindilarga 2–3 oy oldindan pul to‘lab qo‘yishgani, biroq chiqindini olib ketishga mas’ul bo‘lgan tashkilotdan 2 oylab darak bo‘lmayotganidan shikoyat qilgan.

    Ko‘lbo‘yi aholisining mazkur e’tiroziga javob olish maqsadida mutasaddi tashkilot “Qashqadaryo ekotrans” MChJ rahbari Ulug‘bek Ziyodullayev bilan bog‘lanish uchun qilgan harakatlarimiz zoye ketdi.

    Foto: “Daryo”

    Qarshi tumanidagi “Mevazor” mahalla ahli bilan suhbatlashib bo‘lgach, ortga qaytar chog‘i ularning “Sizlar ham muammoimizni eshitib bo‘lgach, jim bo‘lib ketasizlarmi”, deya bergan savoli juda qattiq botdi. Boisi, murojaatchilarda allaqachon nafaqat mutasaddilarga, OAVga nisbatan ham ishonchsizlik paydo bo‘lgan. Shak-shubhasiz o‘sha tuman mutasaddilarining birgina e’tiborsizligi sabab bunga...

    12.03.2019, 16:50   Izoh (0)   34786
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand viloyatida biqinida “Alloh” degan yozuvi bor qo‘zichoq tug‘ildi (foto)

    12.03.2019, 16:37

    Buvaydada yuk poyezdi namanganlik 25 yashar yigitni urib yubordi

    12.03.2019, 16:30

    “Shablon va tili g‘alizlik”. Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi gazetalarning asosiy fojiasi haqida gapirdi

    12.03.2019, 16:04

    Alisher Abdullayev “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi etib tayinlandi

    12.03.2019, 15:53

    Samarqand shahar hokimligida yangi tayinlov amalga oshirildi

    12.03.2019, 15:28

    “O‘zbekneftgaz”ning Telegram boti orqali murojaat qilish imkoni paydo bo‘ldi

    12.03.2019, 15:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.