“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati aholidan shikoyatlarni qabul qilish uchun Telegram botni ishga tushirdi. Bu haqda kompaniyaning Telegram’dagi kanali orqali xabar berildi.
“ ‘O‘zbekneftgaz’ AJ tizimdagi xizmatni takomillashtirish uchun aholidan shikoyat va murojaatlarni qabul qiladi.
Buning uchun siz murojaatlaringizni kompaniyaning Telegram kanaldagi @uzneftgazbot ‘UNG muloqot’ havolasiga jo‘natishingiz lozim.
Shuningdek, murojaatlar Facebook’dagi ‘Xalq bilan muloqot’ guruhi va veb saytdagi www.ung.uz havolalari orqali ham qabul qilinadi.
Aholi murojaatlarini o‘rganish va tahlil guruhi sizga tez fursatda murojaat yechimi haqida ma’lumot taqdim etadi”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Izoh (0)