2019-yilning 11-mart kuni Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani “Buvayda—Pop” temiryo‘lining 29-kilometri 3-piketida harakatlanib kelayotgan yuk poyezdi Namangan viloyatining Pop tumani, Navbahor mahallasida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro M.M.ni urib yubordi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Og‘ir tan jarohati olgan yigit hayotdan ko‘z yumdi.
Viloyat IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limiga ko‘ra, mazkur holatda fuqaro temir yo‘lning aholi maskani hududidan o‘tgan qismida, aynan temir yo‘l ustidan yurib ketayotgan bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)