• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Gulnora Karimovaning qizi onasi haqida ayrim tafsilotlarni ma’lum qildi

    Gulnora Karimovaning qizi Imon onasining hayotidan ayrim voqealar tafsilotini ma’lum qildi. Bu haqda “Kun.uz” The Guardian ingliz nashriga tayanib xabar bermoqda.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    O‘zbekiston Birinchi Prezidentining nabirasi bo‘lmish Imon Karimova ilk marta OAVga katta intervyu berdi.

    Nashrga ko‘ra, Imon onasi uy qamog‘ida saqlanayotgan xonadondan Gulnoraning huquq-tartibot organlari olib chiqib ketayotgani aks etgan videolavhalar bilan o‘rtoqlashgan.

    “Nimcha va pushti oyoq kiyimdagi Karimovaning bezovta qiyofasi, bir necha yillar oldin, qimmat musiqiy kliplar va shaxsiy parfyumeriya tarmog‘i reklama roligi uchun tasvirga tushgan, g‘arbdan Sting va Jerar Depardye kabi yulduzlarni Toshkentga taklif etgan o‘ziga o‘xshamasdi”, — deb yozadi nashr.

    Karimova va boshqalar 865 million AQSh dollarini noqonuniy o‘zlashtirganlikda ayblanib, ​o‘tgan hafta AQSh Adliya vazirligi ​rasmiy ayblovni e’lon qildi. Shuningdek, Karimova shveys tergov organlari olib borayotgan korrupsiyaga qarshi kurash ishida figurant hisoblanadi.

    “Millionlab o‘zbeklar Rossiyadagi qurilish maydonlarida mehnat qilib, oilasini boqish g‘amida yurgan damlar, Karimovning ikki qizi ham G‘arb va O‘zbekiston orasida kibor hayotda yashadi”, — deya voqealarga bo‘yoq bergan The Guardian.

    ​Jurnalist bilan suhbatlashgan Imonning aytishicha, u 2014-yili, 15 yoshga to‘lgach, yoz oylari Brighton College xususiy maktabdagi o‘qishidan ta’til olib Toshkentga qaytgandi. U uyda onasining mehmonlari bo‘lgani va shu onda arqonga osilgancha qora niqobli kishilar xonaga bostirib kirganini aytadi.

    “Bizning tan qo‘riqchilarimiz boshqa yo‘riqnoma olgandi, shekilli, ular himoyachi emas, qamoqxona darboniga aylanishdi. Onam bobomga qo‘ng‘iroq qilishga harakat qildi, lekin u imkonsiz edi. U otasini boshqa hech qachon ko‘rmadi”, — deya ta’kidlaydi Iman.

    ​Gulnoraning qizi bu sinovlarning boshlanishi bo‘lganini iddao qiladi. U Toshkent yaqinidagi uyda onasining ikki nafar xodimi bilan birga yashaganini bildirdi. Ular bilan birga yashagani aytilayotgan Valentina ismli, 30 yoshli ayol oilasi va yaqinlari bilan ko‘risholmayotganidan noligan. Iman uni sirka ichgani uchun shifokorlar shoshilinch olib ketganini ko‘rganini aytadi. Keyinchalik, kichik Karimovaga ma’lum bo‘lishicha, u vafot etibdi.

    Bosh prokuratura 2017-yilga qadar sobiq prezident qizining taqdiri haqida rasmiy gapirmagandi.

    Imon 2015-yili jazoga mahkum etilgan onasi ustidan sud qanday kechganini tasvirlab bergan. Sud ular yashayotgan uyning oshxona qismida, bir necha soat ichida bo‘lib o‘tgani aytilmoqda. Suddan so‘ng, Imon Toshkent atrofidagi hukumat pansionatiga olib borilgan. U onasini ko‘rgani ba’zan borib turgan.

    Iman ta’limda yo‘qotilgan yillardan so‘ng, o‘zbek hukumat uning Londonga borishiga qarshilik qilmaganini aytadi. U akasi —​ kichik Karimov bilan hukumatdan onasini ozod etishlarini iltimos qilgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, Gulnora salomatligida jiddiy xavflar mavjud, u zudlik bilan operatsiya stoliga yotishga muhtoj.

    Kichik Karimov onasining Shveysariya sudi oldida va boshqa ayblovlar uchun huquqiy javob berishini ta’kidladi. U Gulnora Karimova ozod etilsa, amalda o‘zbek hokimiyat elitasi bobosi davrida qilgan jinoyatlari izi ochilib qolishini ma’lum qilgan.

    “Shunda ko‘p narsa oydinlashadi, ularning barchasi bog‘liq”, — deydi o‘g‘il.

    ​Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura Gulnorani jazoni o‘tash tartibini buzgani uchun qamoqqa olgani xabar berilgandi.

    “IIV Jazoni o‘tash bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati taqdimnomasi asosida jazoni o‘tash talabi va shartlarini qo‘pol ravishda buzgani sababli jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan G.Karimovaga nisbatan tayinlangan jazoning qolgan qismini jinoyat-ijro qonunchiligiga muvofiq umumiy rejimdagi koloniyada o‘tash jazosiga almashtirish to‘g‘risida ajrim chiqarildi”, – deyiladi Bosh prokuratura tarqatgan xabarda.​

    Aslida, Gulnora Karimova o‘z otasi Islom Karimov hokimiyatda bo‘lgan paytdayoq qo‘lga olingandi. U o‘zbekistonliklar va davlatga jami 3 trillion 746 million so‘m ziyon yetkazganlikda ayblanadi. Uning ishi qanchalik shov-shuvli bo‘lmasin, yetkazilgan ziyon va xorijiy bank hisob raqamlarda qolib ketayotgan pullarni haqiqiy haqdor —​ O‘zbekiston xalqiga qaytarish murakkab kechmoqda.

    12.03.2019, 23:00   Izoh (0)   268357
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpoq davlat universiteti Qozog‘istonning Kaspiy universiteti bilan hamkorlik qiladi

    12.03.2019, 22:39

    Amerikalik talabalar “Muqobil ta’tillar” dasturi doirasida O‘zbekistonga keldi

    12.03.2019, 22:13

    Shavkat Mirziyoyev “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar bilan tanishdi

    12.03.2019, 22:04

    O‘zbekistonda esdalik tangalar narxi oshdi

    12.03.2019, 22:00

    Shavkat Mirziyoyev Karmanadagi yangi baliqchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

    12.03.2019, 21:09

    O‘zbekistonga 43 mln so‘mlik Gollandiya atirgullarining noqonuniy olib kirilishi oldi olindi

    12.03.2019, 21:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.