Qoraqalpoq davlat hamda Qozog‘istonning Kaspiy davlat texnologiya va muhandislik universitetlari o‘rtasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Bu borada kelishuvga Sh.Yesenov nomidagi Kaspiy davlat texnologiya va muhandislik universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiyaning universitetga tashrifi doirasida erishildi.
Hamkorlik shartnomasiga ko‘ra, universitetlar o‘rtasida professor-o‘qituvchilar almashish, ilmiy va madaniy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Uchrashuv davomida tomonlar neft-gaz, qurilish, biznes-iqtisodiyot va gumanitar sohalar bo‘yicha bakalavriat “3+1”, magistratura “1+1” diplomi dasturiga doir hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarni belgiladi.
Ma’lumot uchun, hozirda Kaspiy davlat texnologiya va muhandislik universitetida 800 nafardan ortiq xorijlik talaba tahsil olsa, shundan 100 nafardan ortig‘ini o‘zbekistonlik talabalar tashkil qiladi.
Izoh (0)