2019-yil 10-mart kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi bir nechta shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zlarining boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida Qoracha mahallasida yashovchi Sh.Sh.ning uyida saqlanayotgan tarkibida qimmatbaho zarralar bo‘lgan qumlarni qo‘lga kiritish maqsadida uning uyiga borayotganlarida, buni bilib qolgan Sh.Sh. tanishi I.R. bilan birga, Boyqaro qishlog‘i hududida ularni to‘xtatmoqchi bo‘lib, yo‘lini to‘sgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Oqibatda bosqinchilar Sh.Sh. va I.R.ni temir bo‘lagi hamda tayoq bilan jarohatlab, voqea joyidan yashiringanlar. Natijada Sh.Sh. va I.R.larga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida jinoiy guruhdagilar qo‘lga olinib, ular orasida bo‘lgan shaxsi aniqlangan bir nafarini ushlash choralari ko‘rilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)