2019-yilning 9-mart kuni Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida yashovchi J.S. rashk sababli birga yashagan rafiqasi M.S.ni urib-tepib, jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Oqibatda ayol 10-mart kuni kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.S. qo‘lga olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)