Rating-Agentur Expert RA (RAEX-Europe) reyting agentligi O‘zbekiston hukumatining milliy va xorijiy valyutalardagi reytingini “B+” (qarz to‘lov qobiliyati mo‘tadil)dan “BB-” (yetarli daraja)ga ko‘tardi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
Hisobot bilan agentlikning veb-saytida tanishish mumkin.
Reytingning prognozi barqaror, bu esa o‘rta muddatda reytingni saqlab qolish ehtimoli yuqoriligini anglatadi.
Agentlik mutaxassislarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning kredit reytingi o‘sishi moliyaviy dollarlashtirishning barqaror pasayishi, shuningdek, fevral oyi birinchi choragida yevrobondlar chiqarilishi orqali mamlakatning xalqaro kapital bozoriga muvaffaqiyatli kirishini aks ettiradi.
Shu bilan birga, reytinglar yuqori va o‘zgaruvchan inflyatsiya, iqtisodiy va institutsional rivojlanishning past darajasi, xorijiy valyutadagi davlat qarzining yuqori ulushi va mahalliy kapital bozorining past darajadaligi bilan cheklanib qolmoqda.
Agentlikning ta’kidlashicha, imtiyozli stavkalar bo‘yicha yo‘naltirilgan kreditlarning keng tarqalganligi, shuningdek, davlat tomonidan boshqariladigan bank tizimining yuqoriligi mamlakat uchun kredit xatarining yuqori darajasi hisoblanadi.
Izoh (0)