O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi.
Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 15-fevralda qabul qilingan. Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda ma’qullangan.
“Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat”, — deyiladi qonunda.
Ushbu Qonun 24 ta moddadan iborat bo‘lib, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh (0)