2019-yil 8-mart kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yashovchi E.U.ning uyida fuqaro S.S. mast holda o‘zaro janjal oqibatida shu uyda vaqtincha yashagan, mast holda bo‘lgan tanishi, I.T.ning o‘ng qo‘li va badanining turli joylariga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada I.T. voqea joyida vafot etgan. S.S. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)