O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari tomonidan ayollar qamoqxonasiga bayram tashrifi uyushtirildi, deb yozadi O‘zA.
Jazoni o‘tayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashildi. Oilalariga tabriknomalar yozdirilib, ularning oila a’zolariga yetkazildi.
Xotin-qizlarning kayfiyatini ko‘tarish, bayram bilan qutlash maqsadida sartarosh-stilistlar ham jalb etildi.
“Bu tadbir bilib-bilmay jinoyat sodir etgan ayollarga ochiqlikning qadriga yetish, kelgusida adashmasligi uchun xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)