Toshkent viloyatida 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.Kudbiyev bandlikni ta’minlash masalasi bo‘yicha ma’ruza qildi.
Seminarda Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimov fursatdan foydalanib, bandlik va mehnat munosabatlari vaziridan 10 ming quruvchi mutaxassis tayyorlab berishini so‘radi.
– Viloyat, ayniqsa ma’muriy markaz – Nurafshon shahri ulkan bunyodkorlik maydoniga aylandi, – dedi hokim. – Uzoq yillar davom etishi rejalashtirilgan yirik hajmdagi qurilish jarayoniga shunga yarasha salohiyat zarur. Ayni paytda shu maqsadda shaharda 4 ta qurilish tresti tashkil etilib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Bu borada muammo yo‘q. Lekin bizga 10 ming nafar malakali quruvchi mutaxassis kerak.
O‘z navbatida bandlik va mehnat munosabatlari vaziri ishsiz aholi, ayniqsa, yoshlarni o‘qitib, 10 ming nafar quruvchi tayyorlab berishini ma’lum qildi.
Izoh (0)