• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilindi

    2019-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, respublikaning transport-tranzit salohiyatini oshirish maqsadida:

    O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va “O‘zstandart” agentligining 2019-yil 1-iyuldan boshlab:

    a) xalqaro tashishlarda foydalaniladigan tyagach (shatakchi) avtomobillarga litsenziya kartochkalari berilishi uchun davlat boji to‘lash tartibini;

    b) quyidagilarni:

    olib kiriladigan hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan “Yevro-5” va “Yevro-6” ekologik sinf talablariga mos keladigan yangi yuk va maxsus avtotransport vositalari, shuningdek, avtomobil transportida yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkama va yarimtirkamalarni;

    transport-ekspeditorlik xizmatlarini majburiy sertifikatlashni;

    v) chek berish yoki yo‘lovchining yurganligini elektron qayd etish imkoniyati mavjud bo‘lishi sharti bilan yo‘lovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalarida nazorat-kassa apparati mavjud bo‘lishi haqidagi talablarni;

    g) quyidagilarning:

    avtomobil transportida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi yakka tadbirkorlarning;

    korxona shtatida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan avtotransport vositalaridan foydalanish va tashish xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassisning alohida birligi mavjud bo‘lishi sharti bilan yuridik shaxs rahbarining malaka talablariga muvofiqlik yuzasidan attestatsiyadan o‘tishi to‘g‘risidagi talablarni;

    d) avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishda yuridik shaxslarning balansida transport vositalari mavjud bo‘lishi haqidagi talablarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

    2019-yil 1-apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ijara shartnomalarini tasdiqlash uchun amaldagi davlat boji miqdori ikki marotaba kamaytirilishi belgilandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar, shu jumladan, quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda – axborot tizimi) yaratilishini ta’minlaydi:

    litsenziatlarning shaxsiy kabineti faoliyat yuritishi;

    avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy va/yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar o‘rtasida avtomatik ravishda choraklar bo‘yicha taqsimlash;

    yo‘lovchilar va yuklarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar, avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy va/yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalar, shuningdek, YUXYT daftarchasini qo‘llagan holda Yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi konvensiyaga (Jeneva shahri, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq YUXYT(CARNET TIR) daftarchasidan foydalanishga ruxsatnomalar olishga talabgorlarning arizalarini qabul qilish va ko‘rib chiqish bosqichini ko‘rsatgan holda qayta ishlash;

    litsenziatlar va jismoniy shaxslar o‘rtasida tuziladigan avtotransport vositalarining ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobini yuritish.

     

    O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

    a) yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega yuridik shaxslarni:

    tashuvchining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi mavjud bo‘lmaganda,uning rasmiylashtirilishini ta’minlagan holda, ularning mavjudligi;

    avtotransport vositalaridan litsenziya kartochkalarisiz foydalanilayotgan davlat raqami belgilari qaytarilishi choralarini ko‘rgan holda yo‘nalishsiz taksilar uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalariga maxsus seriyalardan berilgan davlat raqami belgilarining amaldagi litsenziya kartochkalariga muvofiqligi yuzasidan xatlov o‘tkazishi;

    b) avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritishi;

    v) himoyalangan telekommunikatsiya kanallari yordamida “Transport vositalari hisobi”, “Texnik ko‘rik” va “UzTrans” axborot tizimlarining samarali idoralararo integratsiyasini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rishi belgilandi.

    2019-yil 1-sentabrdan boshlab, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yo‘llarida transport vositalarining og‘irlik va gabarit parametrlarini aniqlash uchun avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar va ko‘chma shoxobchalarni tashkil etish tartibi joriy etilishi belgilandi.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur qaror asosida O‘zbekistonda 1-iyuldan taksichilar uchun yangi qoidalar kuchga kirishi haqida xabar berilgan edi.

    07.03.2019, 20:53   Izoh (0)   33697
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mirjalol Qosimov: Ko‘p narsa ommaviy axborot vositalariga bog‘liq

    07.03.2019, 20:38

    O‘zbekistonda ayollar uchun taqiqlangan kasblar ro‘yxati bekor qilinadi

    07.03.2019, 20:24

    O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari o‘zgardi

    07.03.2019, 19:55

    O‘zbekistonda tadbirkorlar kundalik tushumni o‘zlari bankka topshirishi mumkin bo‘ldi

    07.03.2019, 19:26

    8-mart kuni O‘zbekistonda havo 20 darajagacha isiydi

    07.03.2019, 18:59

    Samarqandda “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti o‘tkaziladi

    07.03.2019, 18:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mashina boshqaruvini 13 yoshli o‘g‘liga topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:27

    Xorijlik diplomatlar Donald Tramp davrida qonun ustuvorligi susayishidan xavotirda

    Dunyo | 25 avgust, 22:05

    Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li “Checheniston Respublikasi himoyachisi” medali bilan mukofotlandi

    Dunyo | 25 avgust, 21:50

    Apple shaxsiy sun’iy intellekt terapevtli xizmatni ishga tushiradi

    Dunyo | 25 avgust, 21:35

    Germaniyada AQSH fuqarosi Xitoy foydasiga josuslikda ayblandi

    Dunyo | 25 avgust, 21:20

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi tarixiy obidalar bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 21:06

    Germaniyada Rossiyaning NATOga a’zo bo‘lish g‘oyasi haqida maxfiy hujjatlar e’lon qilindi

    Dunyo | 25 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.