23—26-mart kunlari Samarqand shahrida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ilm-fan — kelajak poydevori” shiori ostida “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tadbir Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi hamda Samarqand viloyati hokimligining hamkorlikdagi loyihasi hisoblanadi.
Sammitda mamlakat bo‘ylab 14—18 yoshdagi 8—11-sinf o‘quvchi-qizlari, har bir hududdan 10 nafardan ishtirokchi qatnashishi ko‘zda tutilgan.
O‘quvchi-qizlar bilim-ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan turli mahorat darslari, tadbirlar va o‘quv-ma’rifiy klublarini tashkil etish, zamonaviy AKT imkoniyatlari va ularni hayotga tatbiq etish usullari, innovatsion menejment, marketing orqali investitsiyalarni jalb etish kabi mavzulardagi treninglarda ishtirok etadi.
Izoh (0)