• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Blogerlar deputatning taklifiga qarshi. Germaniyadan bir masalada oldinda ekanmiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar

    Haftaning birinchi yarmida ijtimoiy tarmoqda ro‘y bergan asosiy voqealar bilan navbatdagi dayjestimizda tanishishingiz mumkin.

    Yosh bolali onalar chetga chiqmasin...mi?

    Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashi deputati Marhabo Qurbonova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolariga voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan onalarning xorijga chiqishini cheklash taklifini bildirdi.

    Bu taklif tarmoqda hayrat bilan kutib olindi, deylik, post va izohlar taxminan mana bunday ko‘rinishda:

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Bu mavzu haqida fikr so‘rab o‘zbek blogerlariga muroojaat qildik. Demak, yangi ruknimiz — “Bloger fikri”.

    Bu, avvalo, inson huquqlariga zid. Qolaversa, muammoning yechimi emas, balki yangi muammolarning boshi bo‘ladi. Umuman, oxirgi paytlarda epataj takliflar bilan og‘izga tushish urf bo‘lyapti. Birov amma-yu tog‘avachchalar orasida nikohni taqiqlash taklifi bilan, yana birov ayollarni yurt qamog‘iga tiqish taklifi bilan og‘izga tushyapti. Bu taklif o‘tmasligini bilishadi, ammo ularni hamma tanib oladi. Xuddi jurnalistlarga qasam ichirishni taklif qilgan jurnal bosh muharriridek.

    Real ishlar qilaylik yo jim o‘tiraylik.

    Shahnoza To‘raxo‘jayeva (Telegram’dagi “Bloger Shahnoza” kanali)

     
    Men ozod insonning erkin harakatlanishini cheklovchi har qanday qoidalarga qarshiman. Xalqimiz o‘zi propiska, OVIR degan cheklovlarda to‘yib bo‘ldi. Voyaga yetmagan farzandi bor ayollarning chetga chiqishini qonun yo‘li bilan cheklash orqali muammoni yechib bo‘lmaydi. Deputatlar, avvalo, ana shu muammoni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishni o‘ylashi kerak.

    Davronbek Tojialiyev (O‘zbekistondagi eng katta onlayn kutubxona — “Ziyouz.com” sayti)

     
    Taklifga qo‘shilmayman.

    Deylik, ushbu taklifni bergan Marhabo Qurbonovaning voyaga yetmagan farzandlari bor. Konferensiyaga chaqirib qolishdi chet elga. Yoki ishbilarmon ayol, hamkorlari bilan uchrashishi kerak. Yoki davolangani ketmoqchi. Bunday ssenariylarning millionlab shakli bor. Berilgan taklif barchasini inobatga olganmikan?

    Negadir bizda nuqul shunaqa. Har qanday muammoning yechimi - cheklov yoki jazo. Ratsional yondashuv yo‘q.

    Umid G‘afurov (Telegram’dagi “Troll.uz” kanali asoschisi)

     
    Bu masalaga bir taraflama yondashib bo‘lmaydi. O‘zbekiston sharoitida 3-4 yosh bolani boqish uchun yetarli oylik to‘lovchi ish o‘rinlari kam,bo‘lsa ham egali. Nafaqa to‘lovlari ham juda kulgili ahvolda. Bu qarorni taklif qilganlar yo vaziyatni aniq bilishmaydi, yoki biz ham ishlayapmiz degan g‘oya bilan taklif qilishgan. Bolalarni bog‘chaga 3 yoshdan qabul qilish ham qancha ayollarni qiynadi va qiynab kelmoqda. Deputatlar xalqni qiynaydigan qarorlarni taklif qilishdan tiyilsalar bo‘lardi.

    Abdulazizxon Akramov (Telegram’dagi @doridarmonlar kanali asoschisi)

     
    Muammo borligi rost. Ammo taqiqlash orqali maqsadga erishib bo‘lmaydi. Qaytanga kasal battar gazak oladi. Muammoga yechim topish uchun uning oqibati bilan emas, sabablari bilan kurashish kerak aslida.

    Jamshid Niyozov (Telegram’dagi Niyozov News kanali asoschisi)

     
    Men bunday cheklovlarga mutlaqo qarshiman. Bunday cheklovlar xalq ovora bo‘lib qiynalishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tarafdan xalqaro maydonda obro‘yimiz tushishiga sabab bo‘ladi. Bunday cheklovlarni joriy qilish emas, aynan shunga o‘xshagan boshqa cheklovlarni ham mutlaqo yo‘qotish kerak. Chunki bunday cheklovlar mamlakat taraqqiyotga xizmat qilmaydi, aksincha, oyog‘imizdan chaladi.

    G‘ayrat Yo‘ldosh (Telegram’dagi “Qiziqarli xarita” asoschisi)

    Germaniyada asal qanday sotiladi?

    Facebook’ning bir guruhiga qo‘yilgan videorolik ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘ldi. Unda Germaniyaning oddiygina chekka bir joylaridan birida sotuvchisiz asal sotish budkasi tasvirlangan. Budkada 5-6 idishda asal bor, narxi yozib qo‘yilgan, kimga kerak bo‘lsa, tagidagi maxsus teshikka 5 yevro tashlab olib ketaverar ekan. Bu videoni ko‘rib, Germaniya bizdan 70-80 yil “orqada” ekan, deb o‘yladim. Esingizda bo‘lsa, Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” asarida yaypanlik novvoy ertalab nonlarini ko‘chaga qo‘yib qo‘yishini, kimga non kerak bo‘lsa, nonni olib, savat ustiga pul qo‘yib ketaverishini yozgan edi.

    Haqiqatan, o‘tmishdagi ota-bobolarimiz mana shunday insonlar bo‘lgan. Videoni ko‘rib, balki bizda ham eksperiment qilib ko‘rish kerakmikan, deb qoldim shu borada. Ishonch iymonning asosi, deyilganku axir, bir-birimizga ishonaylik.

    Facebook’da ko‘tarilgan boshqa mavzularga qisqacha to‘xtalamiz.

    Mubashshir Ahmad

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Ajrashganimizdan beri qo‘ng‘irog‘ini kutaman... javob bermaslik uchun.

    * * *
    Abduqodir Mo‘minov

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Shunday qilib, bu demokratiyami yoki bahorning boshlanishimi. Nima deysizlar, nimasi o‘ziga yarashipti buning?

    Odam ajratish demang-u, shunaqalarni ko‘rsam, “bitta satil-chelak kiyib olmapti-da boshiga” degim keladi.

    Ma’lumot uchun: bu kabi yuruvchilar ilk marotaba Fransiyada paydo bo‘lgan. Ya’ni, nikohsiz tug‘ilgan va voyaga yetgan o‘smirlar o‘zini tasdiqlovchi hujjat (pasport) ololmagani (undaylarga berilmagan...) uchun shu kabi bir gala yoshlar to‘dasi o‘zining shimlarini va ko‘ylaklarini xuddi shunday yirtib olib, har xil tarang-turung, ochiq-sochiq kiyinib, turli-tuman bachkana bo‘yanib, noodatiy harakatlar qilib namoyish o‘tkazishgan. Maqsadi jamiyatda nikohsiz tug‘ilganlar ham hamma qatori imkoniyatlardan foydalanishga erisha olishi bo‘lgan.

    PS: Shunday qilib, mana qanday odamlar buni “moda” qilib yuborgan, kimlardir buni ko‘zga tashlanib turish uchun shunday kiyinib yurishni odat qilmoqda endi...

    * * *

    Mavlon Marasulov

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Ba’zida o‘sishingga og‘zing xalaqit beradi.

    * * *

    Facebook’ning “Xalq bilan muloqot” guruhiga qo‘yilgan surat hazil-mutoyiba bilan katta qiziqish uyg‘otdi. Belgini o‘rnatganlar noodatiy tarzda yondashgani ular maqsadiga yetishiga xizmat qilishi aniq, ofarin, g‘oya mualliflari!

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    * * *

    Ertaga Xalqaro-xotin qizlar bayrami. Shu mavzuda Facebook foydalanuvchilaridan biri o‘yga toldiruvchi bir posti 600 ga yaqin like to‘pladi.

    Bobur Payziboyev

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Hammaniki emasmi???? #8_mart

    Ayollarga ehtirom ularning boyligi, mavqeiga qarab ko‘rsatilmasligi kerak!

    Ko‘chalarimizni, shahrimizni ozoda qilayotganlar, aynan ular ko‘prog‘iga loyiq emasmi? Hammamiz uxlab yotgan paytimizda ular ko‘chalarimizni tozalab qo‘yishadi! Nega ular e’tibordan chetda qolishadi har doim?

    Haqiqatan, har bir ayol biz uchun azizdir, bayram barcha ayollarniki. Fursatdan foydalanib, barcha ayollarimizni, barcha kasb va sohadagi ayollarimizni bayram bilan tabriklaymiz. Baxtimizga sog‘ bo‘ling, deya bugungi dayjestimizni yakunlaymiz.

    Isroil Tillaboyev tayyorladi.

    07.03.2019, 10:45   Izoh (0)   19286
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    7-mart kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati qisman cheklanadi

    07.03.2019, 10:40

    O‘zbekistonda hujjatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri nostrifikatsiya qilinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

    07.03.2019, 09:30

    Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi

    07.03.2019, 08:50

    O‘zbekistonda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilganiga 20 yil to‘ldi

    07.03.2019, 08:35

    TIV: Stavropolda yuz bergan YTHda halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

    07.03.2019, 08:15

    Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi muammolar muhokama qilindi

    06.03.2019, 23:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31

    Nima uchun bolalar orasida erta balog‘atga yetish holatlari ko‘paymoqda?

    Farzand | 8 avgust, 15:30

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05

    “PSJ” darvozaboniga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda

    Sport | 8 avgust, 15:04

    Qo‘l ostidagi xodimlariga quldek munosabatda bo‘ladigan takabbur mashhurlar

    Shou-biznes | 8 avgust, 14:53

    Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSH prezidenti maxsus vakili bilan muzokaralari asosiy natijalarini aytdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 14:33
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.