• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi muammolar muhokama qilindi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan navbatdagi “Hukumat soati”ga quyi palatadagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining tashabbusi bilan “Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida” gi masala kiritildi. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

    Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

    Mazkur masala yuzasidan axborot berish hamda deputatlar savollariga javob qaytarish uchun quyi palataga Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev taklif etildi.

    Ayni paytda respublika bo‘yicha jami 3,3 millionta suyultirilgan gaz abonenti bo‘lib, gaz ta’minoti korxonalari tomonidan jami 3,4 million dona maishiy gaz ballonlari yetkazib berilgan. Bundan tashqari, aholining shaxsiy 1,1 million dona gaz balloni bor. Ya’ni, abonentlar soniga nisbatan ta’minlanganlik darajasi 137 foizni tashkil etadi. Qolaversa, shu yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 2,1 millionta ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

    2019-yilda suyultirilgan gaz manbalari va taqsimoti balansiga ko‘ra, joriy yilda 806,1 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, shundan 474,7 tonnasi yoki o‘tgan yilga nisbatan 60,7 ming tonna ko‘prog‘i aholining maishiy ehtiyojlari uchun yetkazib berilishi belgilangan. Suyultirilgan gaz asosan aholining o‘sib borayotgan maishiy ehtiyojlarini qoplash uchun yo‘naltirilishi belgilanganini inobatga olib, suyultirilgan gazni birjada sotish miqdori yildan yilga kamaytirilib borilmoqda.

    Deputatlar vazirga bu boradagi masalalar, aholini qiynab kelayotgan aniq muammolar xususida savollar bilan murojaat etdilar. Ayniqsa, parlament vakillarining e’tiroziga sabab bo‘lgan masala — tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlarni o‘z vaqtida suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, gaz ballonlari standartlari va ularning to‘lovi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan izoh so‘raldi.

    Oliy Majlis quyi palatasi vakillarining saylovchilar bilan o‘tkazayotgan ochiq muloqotlari davomida kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar tahlili aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida muammolar yuzaga kelayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, joriy yil yanvar va fevral oyining oxirgi haftasida saylov okruglarida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida deputatlar tomonidan ushbu masala o‘rganilganda, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan bir qancha kamchiliklar aniqlandi.

    Masalan, aholi ko‘tarayotgan muammolarga ko‘ra, 20 kilogrammli maishiy gaz ballonlariga ko‘p hollarda me’yordagidan kam quyilayotgani iste’molchilarning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Yoki gaz olish uchun kelgan aholi vakillarining bank plastik kartasi orqali to‘lovni amalga oshira olmasligi noqulaylik keltirib chiqarayotganiga doir faktlar ham bor.

    Vazir deputatlar savollariga javob qaytarar ekan, bunday salbiy holatlar uchrab turganini, bu masalada vazirlik tomonidan jiddiy nazorat olib borilayotgani, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga nisbatan choralar ko‘rilayotganini qayd etdi. O‘z navbatida, bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar, nazorat qiluvchi va boshqa mutasaddilar mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.

    “Hukumat soati” doirasida berilgan savol-javoblardan kelib chiqib, deputatlar tomonidan vazirlik faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qator takliflar bildirildi.

    06.03.2019, 23:05   Izoh (0)   13092
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda sportning texnik-amaliy turlari bo‘yicha musobaqalar g‘oliblari ham OTMlarga test sinovlarisiz kiradigan bo‘ldi

    06.03.2019, 22:39

    O‘zbekistonda hukumatni shakllantirish tartibiga doir qonun, Gulnora Karimova atrofidagi voqealar, Qoraqalpog‘istondagi “dinozavr tuxumlari” va kunning boshqa xaba...

    06.03.2019, 22:21

    O‘zbekiston mamlakatda qazib olingan gaz uchun “Lukoyl” oldida 600 mln dollar qarzdor bo‘lib qoldi

    06.03.2019, 22:13

    Abdulaziz Komilov Afg‘oniston prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

    06.03.2019, 21:47

    Gulnora Karimovaning dunyo bo‘ylab joylashgan ko‘chmas mulklari, shaxsiy samolyoti, oltin yombilari. Yoxud o‘zbek xalqidan o‘g‘irlangan million-million pullar qayt...

    06.03.2019, 21:39

    O‘zbekistonda haj kvotasi 2020-yildan bosqichma-bosqich oshirib boriladi

    06.03.2019, 21:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40

    Muhammad alayhissalom dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentdagi ekspozitsiyadan joy oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:25

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.