Butun dunyo bo‘ylab inson organlarining noqonuniy aylanmasi yiliga 600 million dollarga baholanmoqda, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha idorasi ushbu ma’lumot Gvatemala shahrida ochilgan odam, ularning organlari va to‘qimalari savdosi bo‘yicha birinchi mintaqaviy konferensiyada e’lon qilindi.
Kongressda qayd etilishicha, Gvatemala geografik va iqtisodiy holat bo‘yicha odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro jinoyatchilar tarmog‘i uchun jozibador sanaladi.
Gvatemala kotibiyatining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili hukumatga odamlarni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq 159 ta jinoyat, odam savdosi bilan bog‘liq 274 ta, jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq 10 ming 811 ta jinoyat ishi bo‘yicha ma’lumot kelib tushgan.
Izoh (0)