Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova boshchiligidagi delegatsiya 6—7-mart kunlari O‘zbekistonga keladi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lib o‘tadigan muzokaralar ham o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar Rossiya tibbiyot institutlaridan birining Toshkentdagi filialini ochish va zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining barpo etilishi masalasini muhokama qiladi.
Izoh (0)