Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi mart oyi oxiriga qadar Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “ASIA-Plus” xabar berdi.
O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda ushbu yig‘ilish doirasida uchrashadi.
Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy-texnik hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Izoh (0)