KXDR rahbari Kim Chen In Vyetnamda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan muvaffaqiyatsiz sammitdan keyin 5-mart kuni Pxenyanga qaytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Uning qaytgani Shimoliy Koreyaning barcha telekanallarida efirga uzatilgan.
Kim Chen In Xanoyga borgan zirhli poyezdda ortga qaytgan. Pxenyanga u 5-mart kuni mahalliy vaqt bilan tungi soat 03:00 da yetib kelgan. Ungacha esa poyezdda 60 soat yo‘l yurgan.
Davlat rahbari uzun qizil gilam ustidan o‘tib borgan. Uni o‘nlab harbiylar o‘rab turgan. Mamlakat aholisi ham gullar va qarsaklar bilan uni kutib olgan.
Qaytishdan oldin Kim Chen In Vyetnamdagi Xo Shi Min maqbarasini ziyorat qilgan. AQSh-KXDR sammiti 27—28-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan.
Izoh (0)